2024-yilning 22-yanvar kuni fuqaro X.I. "DAMAS" rusumli avtomashinada Urganch tumani, Yoshlik maxallasi, Muqumiy ko'chasi bo'ylab harakatlanayotgan paytida, yo'lda mavjud bo'lgan chuqurdan qochib, yo'lning muzlagan qismiga chiqib, yo'lning chetida bo'lgan ariqqa tushib ketgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga "DAMAS" rusumli avtomashina egasi X.I. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urta qilish” sug‘urta turi bo'yicha polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 38 309 000 so`m miqdorida sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)