2023 yilning 1-noyabr kuni fuqaro R.F. Sergeli tumani, Qumariq ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan paytida, rul boshqaruvini yo`qotib, beton to`siqqa urilib YTX sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga jabrlanuvchi sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Avtokredit” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 22 841 557 so`m sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)