Fuqaro A.M. o`ziga tegishli bo`lgan "BYD CHAZOR" rusumli avtotransport vositasida A. Temur-A. Navoiy ko`chalari kesishmasida amaldagi Yo'l harakat qoidalariga zid ravishda harakatlanib, to`g`ridan kelayotgan haydovchi X.I. boshqaruvidagi "MALIBU" rusumli avtotransport vositasi bilan to`qnashib YTH sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga jabrlanuvchi sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Transport vositalarini kompleks sug`urta qilish” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 75 738 404 so`m sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)